Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining xotiralarini yodda saqlash, allomaning ilmiy faoliyati va ibratli hayot yo`lini xalqimizga va kelajak avlodlarga tanitish maqsadida "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari zamondoshlari xotirasida" deb nomlangan ilmiy-ma`rifiy loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda uz24.uz nashri info.islom.uz ma`lumotlari asosida xabar beradi.
Loyiha doirasida shayx hazratlarining ommaviy axborot vositalarida chop etilgan suhbatlari, suratli, ovozli va tasvirli mediamateriallarni to`plab, saralab, ular asosida fotojamlanmalar, audiokitoblar, videofilmlar tayyorlash, shayx hazratlarining muzeyini tashkil etish, xotiralar kitobini chop etish kabi xayrli tadbirlar o`tkazish ko`zda tutildi.
Shu munosabat bilan kimning oilaviy arxivida shayx hazratlarining suratli, ovozli va tasvirli esdaliklari saqlanayotgan bo`lsa, info.islom.uz tahririyati bir nusxa taqdim qilishni iltimos qiladi.
Eslatib o`tamiz, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shu yilning 10 mart kuni olamdan ko`z yumdilar.





