Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o`rin olgan "Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov va qatnashdi.
"Yaxshi raqib, yaxshi ob-havo. G`alaba uchun kurashamiz. Biz ham futbol o`ynay olishimizni isbotlash uchun so`nggi imkoniyat. 6:2 hisobida yutadigan jamoa kuchli bo`ladi. Ammo bu futbol bunday natijalar uchrab turadi, ertaga yigitlarimiz bor kuchlari bilan o`ynashadi", - deydi Vadim Abramov.
"Ertangi o`yinda muxlislar oldida g`alaba qozonib oldingi o`yinni unutishlari uchun harakat qilamiz", - deydi Sanjar Shoahmedov.
- Jamoa hozir qanday holatda. Terma jamoa a`zolari qanday holatdalar?
- Oliy ligada g`alaba qozondik. Ammo raqib boshqa boshqa. Terma jamoa a`zolari haqida biron gap aytish qiyin. Ertangi o`yinda ularni maydonda ko`ramiz.
- "Lokomotiv" OChLda debyut mavsumini o`tkazmoqda. Balki tajriba etishmayotgandir?
- Bu ham rol o`ynaydi. Ertaga g`alaba kerak. Bitta g`alaba bo`lsa barchasi yaxshi bo`lib ketishi kerak. Ertaga 4:0 hisobida yutishimiz shart emas, maqsadimiz 3 ochko yig`ish.
- "Al Sadd" o`z maydonida kuchli o`ynaydi lekin safarda unday deb bo`lmaydi. Jamoa so`nggi marta 2011 yil musobaqada safarda yutgan ekan. Oxirgi 8ta o`yinda g`alaba qozona olmayapti. Statistika "Lokomotiv"ga yordam berishi mumkinmi?
- Statistika o`z yo`liga. Shunchaki maydonga tushib g`alaba qozonish kerak. 2:6dan so`ng men ham futbolchilar ham o`zlariga kela olmayapti. Ertaga zafar quchib alamni olishimiz kerak. O`tgan bahs tasodif ekanligini isbotlashimiz kerak.
- "Al Sadd" oxirgi 3ta o`yinda 16ta gol urdi. Ularning ko`p gol urishlarining siri nimada deb o`ylaysiz?
- Ular shunchaki futbol o`ynashmoqda. Lekin omad ham ularga kulib boqmoqda. Masalan, maydon markazidan gol urgan futbolchiga 100 marta imkoniyat bering bunday golni qaytib ura olmaydi.
- "Lokomotiv"ga qanchalik moslashib ketdingiz?
Sanjar Shoahmedov: - Jamoaga qo`shilib keta oldim. Birinchi marta Osiyo chempionlar ligasida o`ynayapman. Bu ham katta tajriba hisoblanadi.
- Ertaga Salim Mustafoev maydonga tusha olmaydi. Yanichichda ham jarohat bor deb eshitdik...
- Ha Mustafoev ertaga o`ynay olmaydi. Yanichich kecha mashg`ulotlarda ishtirok etdi. Bugun uning holatini tekshirib ko`ramiz. Bundan tashqari Oleg Zoteev mushaklarini cho`zib oldi, katta Jasur Hasanov shamollab qoldi. Ammo yo`qotishlarga doim tayyormiz.
Manba: olamsport.com





