AsosiySport

Yoshlarimiz ikkinchi o`yinda ham Zelandiyani mag`lub etishdi

O`zbekiston va Yangi Zelandiya yoshlar (U-20) terma jamoalari o`rtasidagi ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvida ham Ravshan Haydarov shogirdlari g`alaba qozonishdi. Farg`onada bo`lgani kabi bu safar ham yoshlarimiz bitta to`p farqi bilan raqibni mag`lub etishdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Eldor Shomurodov 19-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo`lim startida himoyachimizning xatosidan unumli foydalangan Aleks Rufer o`ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan muvozanatni tikladi. Zaxiradan o`yinga qo`shilgan Mirjamol Qosimov esa jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aniq zarba bilan o`yinga mantiqiy yakun yasadi.

Toshkent. “JAR” stadioni.

O`ZBEKISTON (U-20) – YaNGI ZELANDIYa (U-20) - 2:1

Gollar: Shomurodov 19, Qosimov 78 – Rufer 47.

O`zbekiston (U-20): Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Ibrohim Abdullaev, Odil Hamrobekov (Javohir Sidiqov 46), Eldor Shomurodov (Ergash Ismoilov 88), Otabek Shukurov, Temur Tolipov (Akromjon Komilov 58), Sardor Azimov (Akobir To`raev 58), Ravshan Xursanov (Mirjamol Qosimov 46), Doston Tursunov, Xurshid G`iyosov (Namjmiddin Normurodov 88).

Yangi Zelandiya (U-20): Nikola Zanev, Deklan Uayn, Jessi Edj (Brok Messenjer 62), Adam Mitchell (Kori Braun 62), Samuel Broterton, Moses Dayer, Klayton Lyuis, Aleks Rufer (Judd Beyker 84), Metyu Ridenton (Te Vixongi 84). Noa Billingsley (Andre De Yong 68), Nikolas Del (Endryu Bleyk 46).

    Boshqa yangiliklar