AQShlik mashxur blyuzmen Bi Bi King kecha, Las-Vegasdagi shifxonalarning biriga yotqizildi, deya xabar beradi Vesti.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, u 20 yildan ortiqroq vaqtdan beri qandli diabet kasalligi bilan og`riydi va aynan ushbu kasallik tufayli ahvoli yomonlashgan.
Shifokorlar Kingning ahvoli bir maromga tushdi, ammo u davolanishi lozim, degan fikrni bildirishmoqda.
Ayni damda 89 yoshda bo`lgan King o`zining uzoq yillik faoliyati davomida bir necha bor “Gremmi” mukofotiga sazovor bo`lgan.





