AsosiySport

Oksana Chusovitina Lyublyanada tengsiz bo`ldi

Sport gimnastikasi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi etakchisi Oksana Chusovitina Sloveniyaning Lyublyana shahrida o`tgan Jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichida g`olib bo`ldi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

39 yoshli sportchimiz tayanib sakrash bahslarida 14,600 ball jamg`ardi. Kuchli uchlikdan mezbonlar vakilasi Teya Belak (14,412) hamda gollandiyalik sportchi Noel van Klaveren (14,325) joy oldi.

Eslatib o`tamiz, Chusovitina o`tgan oyda Germaniyaning Kotbus shahrida o`tkazilgan sport gimnastikasi bo`yicha nufuzli Turnier der Meister World Challenge Cup 2015 musobaqasida ham tengsiz bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar