AsosiyShou-biznes

Bryus Li virtual holatda “Ip Man” filmida suratga tushadi

Bugungi kunda zamonaviy texnika yordamida mislsiz ishlarni amalga oshirish mumkin. The Hollywood Reporter nashri bergan ma`lumotlarga ko`ra, suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Ip Man” filmida bundan 40 yil avval vafot etgan beqiyos aktyor Bryus Li virtual tarzda suratga tushadi.

Biroq ayni damda uning yaqinlari bunga rozilik berishmayapti. Ma`lumotlarga ko`ra, 2016 yilining boshida dunyo ekranlariga chiqarilishi mo`ljallanayotgan filmda bokschi Mayk Tayson ham suratga tushmoqda.

Aslida Bryus Li Ip Manning shogirdlaridan biri bo`lgan. Filmda jang ustasi Ip Manning hayoti, uning jang san`atidagi iste`dodi haqida hikoya qilinadi. Aytish lozimki ushbu filmning birinchi qismi 2008 yili ekranlarga chiqqan. Unda bosh rolni Donni En o`ynagandi.

    Boshqa yangiliklar