Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi joriy yilning aprel oyi yakunigacha er qazish va ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan ko`chalarni ma`lum qildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar qiladi.
1. Mirobod tumani, T. Shevchenko ko`chasida “O`zinterqurilish” tashkiloti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi binosi uchun o`rta bosimli gaz tarmog`i va ichimlik suvini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 11 aprelgacha.
2. Yakkasaroy tumani, Bratislava ko`chasida transport xarakatini Tafakkur ko`chasidan Yusuf Xos Hojib ko`chasigacha yopgan holda “Pozitiv story master” MChJ tashkilotiga tegishli issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 28 aprelgacha.
Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati Toshkent shahar ko`chalari chorrahalariga tashqi kuzatuv kameralari o`rnatish maqsadida olib borilayotgan, shuningdek, turli sabablar tufayli avariya sodir bo`lganda amalga oshiriladigan tezkor sozlash, qazish va ta`mirlash ishlari bundan mustasno ekanligini ma`lum qiladi va harakatlanish vaqtidagi noqulayliklar uchun oldindan uzr so`raydi.





