Yunon-rum kurashi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli polvonlari Turkiyada o`tkaziladigan nufuzli Gran-pri turnirida ishtirok etish uchun Istambul shahriga jo`nab ketishdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bermoqda.
O`tgan hafta yakunida aynan Turkiyada erkin kurash bo`yicha nufuzli musobaqa o`tkazilib, unda terma jamoamiz a`zolari sovrindorlar safidan joy ola bilishmagandi. Endigi umidimiz yunon-rum kurashi ustalaridan. Turkiyadagi xalqaro turnir 4-5 mart kunlari bo`lib o`tadi.
TURKIYaGA YO`L OLGAN DELEGASIYaMIZ TARKIBI:
59 kg – bu vazn toifasida bizdan hech kim ishtirok etmaydi
66 kg – Elmurod Tasmurodov, Aleksandr Loxov
71 kg – Jahongir Ziyoev, Fazliddin Nomozov
75 kg – Nurbek Xoshimbekov, Dilshod Turdiev
80 kg – Jonibek Otabekov
85 kg – Rustam Assakalov
98 kg – Abror Mamasoliev, Dilshod Hakimov
130 kg – Mo`min Abdullaev
Bosh murabbiy – Ravil Biktyakov. Murabbiylar – Rustam Qudratov, Komil Fatkulin.





