So`nggi vaqtlarda Toshkent aholisi bozor rastalaridan piyoz mahsulotining kamayib qolganidan xavotir bildirishgan., deya xabar beradi uz24.uz nashri.
Iste`molchilarning so`zlariga ko`ra, ba`zi yirik savdo markazlarida piyoz umuman sotuvda yo`q. Tabiiy ravishda piyozning narxi ham ko`tarilgan: 1 kg piyoz 3 500-4000 so`m.
Ko`chilik bu holatni qishki mavsum tugab, zaxiradagi piyozlar yangi hosilga qadar kamayib qolishi bilan bog`lashmoqda.
“O`zulgurjisavdoinvest” uyushmasi UZ24 ga xabar qilishicha, respublikaning boshqa hududlarida ham piyoz taqchilligi kuzatilmoqda. Bu mahsulot asosan Qozog`istondan olib kelinadi. “Toshbozorsavdo” uyushmasi esa mazkur vaziyatga izoh bermadi.
O`tgan yilning oktyabrida O`zA bergan ma`lumotga ko`ra, 2014-2015 yillar kuz-qish davrida 24,3 ming tonna piyoz g`amlangan.





