Football Observatory agentligi Evropaning beshta eng nufuzli chempionatlaridagi futbolchilarning ishtiroki haqida hisobot tayyorladi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.
Reyting jadvali futbol o`yinidagi beshta pozisiyada tuzilib, oltita asosiy jihatlarga urg`u berildi: darvoza tomon berilgan zarbalar, jamoadoshlariga yaratilgan golli vaziyatlar, o`zi ishtirok etgan golli vaziyatlar, to`p uzatishdagi aniqlik, raqiblarga pressing o`tkazish va yakkakurashlardagi mahorat.
Hujumchilar orasida birinchi o`rinni “Bavariya” futbolchisi Aren Robben va “Volsfburg” hujumchisi Bas Dostni ortda qoldirgan “Barselona” Lionel Messi qo`lga kiritdi. Qizig`i, Krishtianu Ronalduga bu safar kuchlilar safida joy topilmadi. “Real” hujumi etakchisi Krishtianu Ronaldu atigi 29- o`rinni egalladi, xolos.
Tayanch yarim himoyachilardan Nuri Shaxin (“Borussiya”) o`z pozisiyasida Pol Pogba ("Yuventus") va Fernandino ("Man Siti") kabi yosh iqtibor egalarini ortda qoldirib, ampluasida tengsiz deb topildi. Hujumkor yarim himoyachilar Eden Azar (“Chelsi”) hamda Mesut O`zil (“Arsenal”) bir xil ochko bilan eng yaxshilardan bo`ldilar.
Qanot himoyachilaridan “Manchester Siti” a`zosi Gael Klishi eng zo`ri bo`ldi. Markaziy himoyada esa "Bayer"futbolchisi Emir Spaxich bir qancha nomdor himoyachilarni ortda qoldirdi. Football Observatory tasnifi bo`yicha 2015- yilning eng yaxshi futbolchilari reyting jadvali:
Markaziy himoyachilar
1. Emir Spaxich («Bayer») — 100 ball
2. Martin Demikelis («Manchester Siti») — 89
3. Mats Xummels («Borussiya» D) — 79
Qanot himoyachilari
1. Gael Klishi («Manchester Siti») — 100
2. Marselo («Real») — 75
3. Rafinya («Bavariya») — 72
Markaziy/ tayanch yarim himoyachilar
1. Nuri Shaxin («Borussiya» D) — 100
2. Pol Pogba («Yuventus») — 96
3. Fernandino («Manchester Siti») — 94
Hujumkor yarim himoyachilar
1. Eden Azar/Mesut O`zil («Chelsi»/«Arsenal») — 100
3. Xesus Navas («Manchester Siti») — 86
Hujumchilar
1. Lionel Messi («Barselona») — 100
2. Aren Robben («Bavariya») — 92
3. Bas Dost («Volfsburg») — 77





