Kecha, 31 mart kuni milliarder, neft magnati Jan Pol Gettining nabirasi Los-Anjelesdagi uyida o`lik holda topilgan, deya xabar beradi Vesti.ru nashri.
47 yoshli Endryu Gettining jasadi yuvinish xonasida g`ayrioddiy ko`rinishda topilgan va bu polisiyachilarda buning qotillik ekani haqidagi gumonni uyg`otgan. Ommaviy axborot vositalarining xabar brishicha, polisiya Gettining uyiga marhumning dugonasi qo`ng`iroq qilganidan so`ng kelaginini aytmoqda. Ayni damda ushbu ayol asosiy guvoh sifatida polisiya mahkamasida ushlab turilmoqda. Boshqa ma`lumotlarga ko`ra, marhum Endryu Getti va uning dugonasi ko`chada, odamlar orasida, uyda doimiy ravishda janjallashishgan. Aynan shu sababdan ham Gettining uyiga polisiyachilar 30 martadan ham ko`p marotaba kelishga majbur bo`lishgan.
Eslatib o`tamiz, Jan Pol Getti AQShdagi eng mashxur milliarderlardan biri sanaladi. UGetty Oil hamda yana boshqa 200 dan oshiq tashkilotlarga ham rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, Jan Pol Getti Kaliforniyadagi eng yirik Getty Center badiiy muzeyningasoschisi sanaladi. Ushbu muzeyda noyob va bebaho san`at asarlari saqlanadi.





