"Bojalar" guruxi deganimizda beihtiyor ko`z o`ngimizda Jahongir Poziljonov bilan birga Mo`min Oripov gavdalanadi. 2004 yillarda shou biznes olamida o`zlarining noan`anaviy chiqishlari bilan muxlislar qalbida yorqin taasurot qoldirgan mazkur gurux a`zolari birgalikda ijod qilib bir nechta ijod mahsullarini xalqqa taqdim etishdi. Ular esa shu kungacha tinglovchilarning eng sevimli qo`shiqlaridan biriga aylanib, tinglanganda sog`inch bilan eslanadi.
Eslatib o`tamiz, "Bojalar" guruxi a`zolari Jahongir Poziljonov, Mo`min Oripov va yana ikki kishi engil avtomashinada Tojikistonning Dushanbe va Tursunzoda shaharlaridan gastrol safaridan qaytayotgan chog`larida Surxondaryo viloyatining Angor yo`lida yuk avtomashinasi bilan to`qnashuvi oqibatida guruh vakillariga turli darajadagi tan jarohatlari etgan. Mo`min Oripov ana shu avtohalokatda eng og`ir tan jarohatini olib, miyaning qattiq lat eyishi oqibatida vafot etgan.
Ot izini toy bosar deganlaridek bugungi kunda Mo`min Oripovning farzandi Bilolxo`ja Oripov otasining xotirasiga bag`ishlab, uning shlyagerga aylangan "Anhor" taronasini kuylab uni qayta jonlantirdi. Qo`shiq "Asteria" studiyasida yozilib, aranjirovkasini Sherzod Mardiev bajargan.
Bilolxo`ja ayni damda V.Uspenskiy nomidagi Respublika mahsus musiqiy akademik liseyining Violonchel mutaxasissligi bo`yicha tahsil oladi. Otasi kabi qo`shiq kuylashga ishtiyoqi, musiqaga bo`lgan qiziqishi yosh ijodkorni yuksak cho`qqilarga olib chiqishiga ishonamiz. Shu qatorda bo`lajak ijodkorning timsolida marhum otasi Mo`min Oripovni ham hamisha yonimizda ekanidek his etishimizga ishonamiz.
Marhamat, saytimizdan o`rin olgan Bilolxo`ja Oripovning navbatdagi ijod mahsulini tinglang va baxo bering.
Manba: popcorn.uz





