AsosiyJamiyat

Nursulton Nazarboev Islom Karimovni O`zbekiston Prezidenti saylovidagi g`alabasi bilan tabrikladi

Qozog`iston prezidenti Islom Karimovga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida g`olib chiqqani munosabati bilan tabrik telegrammasini jo`natdi. Bu haqda Qozog`iston Respublikasi prezidentining rasmiy sayti xabar qilgan.

Tabrikda saylov natijalari Karimovning aholi orasidagi obro`si, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydonda O`zbekiston o`rnini mustahkamlashga qaratilgan to`g`ri siyosatining qo`llab-quvvatlanishidan darak berishi ta`kidlangan.

Shuningdek, Qozog`iston prezidenti Karimov rahbarligida O`zbekiston gullab-yashnash yo`lida davom etishiga ishonch bildirgan hamda mustahkam sog`lik, kelgusi mas`uliyatli vazifada muvaffaqiyat, o`zbek xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.

    Boshqa yangiliklar