Buyuk Britaniya va Isroilda istiqomat qilib kelayotgan taniqli haykaltarosh Sadok ben David Toshkent shahrida “Yarim tunning ikkinchi yuzi” deb nomlangan vernisajini namoyish etmoqda. Kecha, 25 mart kuni O`zbekiston tasviriy san`at galereyasidan o`rin olgan mazkur ko`rgazma loyihasi Isroilning O`zbekistondagi elchixonasi ko`magida tashkil etildi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentli xabar beradi.
Ushbu loyiha yupqa zanglamaydigan po`latdan yasalgan haykaltaroshlikning uch qirrasini o`zida mujassam etgan. Taniqli haykaltaroshi Sadok ben Davidning ijodiy ishlari o`ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi.
Uning har bir asari ijodkorning badiiy tafakkuri va tasavvurini aks ettiradi.
Rassom Quddusdagi San`at va dizayn badiiy akademiyasini hamda Londondagi Markaziy san`at va dizayn kollejini tamomlagan. Ayni paytda u Londanda yashab, ijod qilmoqda.
Ko`rgazma joriy yil 20 mayga qadar davom etadi.





