AsosiyShou-biznes

Navro`z bayrami munosabati bilan "Palov festivali" bo`lib o`tdi

Caravan group restoranlar tarmog`i shuningdek, Korzinka.uz supermarketlari tarmog`i tomonidan tashkillashtirilgan “Palov festivali” bo`lib o`tdi.

1000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashgan ushbu festival Toshkent shahridan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan Cinara’s kompleksida ishtirokchilarni qarshi oldi. Bayramda mehmonlarga 7 turdagi o`zbek milliy taomlaridan biri bo`lmish palov shu bilan birga sumalak, turli bayram shirinliklari tortildi. 

Navro`z bayramiga bag`ishlangan o`quv darslari, O`zbekistonning eng iste`dodli dizaynerlari, shuningdek COBRA dizaynerlik loyihasi bilan ishtirok etgan Rimma Sobirjonova hamda dizayner Marhamat Umarova tomonidan yaratilgan milliy kiyimlar namoyish etildi.

"Biz O`zbekistonning urf-odatlari, dunyoga mashxur matolari, milliy liboslari bilan fahrlanamiz. Biz yaratgan kolleksiya ayollarda ham milliylik ham zamonaviylikning uyg`un nuqtasini topishlariga yordam berishiga ishonamiz" deydi COBRA dizaynerlik loyihasi dizayneri Rimma Sobirjonova.

    Boshqa yangiliklar