AsosiyJamiyat

SAYLOV 2015: Moliya institutida saylovga bag`ishlangan uchrashuv bo`lib o`tdi

2015 yil 23 mart kuni Toshkent moliya institutida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag`ishlangan siyosiy-huquqiy va ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot tadbiri bo`lib o`tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent moliya instituti professor-o`qituvchilari, guruh murabbiylari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir mamlakatimizda joriy yilning 29 mart kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash hamda birinchi marotaba saylovda ishtirok etayotgan yoshlarning milliy saylov qonunchiligi va uning konstitusiyaviy asoslari bilan tanishtirish borasidagi bilimlarini yanada oshirishga qaratildi.

Tadbirda asosan O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi hamda saylov to`g`risidagi qonunlarimizda saylovlarning umumiylik, tenglik, to`g`ridan-to`g`ri, yashirin ovoz berish, ko`ppartiyaviylik, muqobillik, ochiqlik va oshkoralik, erkinlik, adolatlilik hamda haqqoniylik kabi xalqaro huquqning umume`tirof etilgan demokratik prinsiplari o`z ifodasini topganligi, buni chet ellik kuzatuvchilar, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ham alohida e`tirof etayotganligi  haqida so`z yuritildi.

Yurtimizda demokratik, erkin va adolatli saylov prinsiplari qonunchilik bilan ishonchli himoya qilinishi, jumladan, O`zbekiston Respublikasining ma`muriy va jinoyat qonunchiligida saylovni o`tkazishga oid prinsiplar, qoidalarni buzganlik uchun tegishli javobgarlik choralari qat`iy belgilab qo`yilgani haqida ham alohida e`tirof etildi.

Davra suhbati so`ngida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga deputatlar va mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

    Boshqa yangiliklar