AsosiySport

Forchun: Pakyao Meyvezerni “yanchib” tashlaydi

Menni Pakyaoning jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiyi Jastin Forchunning fikriga ko`ra, fillipinlik bokschi Floyd Meyvezer-kichigi bilan bahsda albatta g`alaba qozonadi. 49 yoshli avstraliyalik murabbiy o`z shogirdi va uning raqibi borasida qo`yidagi so`zlarni aytib o`tdi.

- Floyd Maydanaga qarshi so`nggi ikki uchrashuvda ancha sekinlashganini ko`rish mumkin. Maydanaga qarshi u oddiy bokschidek jang o`tkazdi. Ishonchim komilki, Pakao o`z tezligi va mahorati bilan Floydni “yanchib” tashlaydi, - Forchun so`zlarini keltiradi BoxingScene.com.

Eslatib o`tamiz, anchadan buyon orziqib kutilayotgan ushbu jang joriy yilning 2 may kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Manba: sports.uz

 

    Boshqa yangiliklar