AsosiyDunyo

Ikki oyog`idan judo bo`lgan buzoqcha protez oyoqlar yordamida yura boshladi (video)

Internet tarmoqlarida Nyu-Yorkdagi Woodstock Farm Animal Sanctuary hayvonlarga mehribonlik ko`rsatish uyida yashaydigan ikki oyog`idan ayrilgan Faun ismli buzoqchaga protez oyoqlar o`rnatildi. Ayni damda u ana shu oyoqlar orqali yurishni o`rganmoqda, deya xabar beradi glunews.ru nashri.

Faunning tug`ruq chog`ida ikki old oyoqlari jarohatlangan. Avvaliga uning hayotini saqlab qolishlariga ishonishmagandi, biroq u tirik qoldi. Ushbu hayvonlarga mehribonlik ko`rsatish uyida jarohatlangan va shikastlangan hayvonlar davolanadi. Hozircha Faun bir kunda 2 soatgina ushbu protezda yurayapti. Biroq hayvonlar uyi hodimlarining fikrlariga qaraganda, bu vaqt kun sayin cho`zib boriladi va oxir oqibati Faun ularda qiyinchiliksiz yuradigan bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar