AQShning Indian-Uells shahrida WTA Premier Mandatory turkumiga kiruvchi BNP Paribas Open turniri yakunlandi.
Sovrin jamg`armasi 5.381.235 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqaning final uchrashuvida ruminiyalik Simona Xalep va serbiyalik Elena Yankovich o`zaro bahslashdi.
Keskin kurashlarga boy o`tgan o`yinning birinchi setida jahonning uchinchi raketkasi Simona 2:6 hisobida raqibasiga mag`lub bo`ldi. Biroq ikkinchi setga kelib Elenaning o`yini qovushmadi. Buning natijasida u 7:5 hisobida setni boy berdi. Uchinchi setga kelib, butkul o`yin tizginin qo`lga olgan rumin go`zali yakunda 6:4 hisobida g`olib bo`ldi va musobaqa bosh sovrinini qo`lga kiritdi. Simona Xalepga ushbu g`alaba 900.400 AQSh dollari pul mukofoti va 1000 reyting ochkosini olib keldi, deya xabar beradi sports.uz nashri.





