AsosiyJamiyat

Namanganda avtomobil olib qochganlikda gumon qilingan shaxs qo`lga olindi

Namangan shahar IIB navbatchilik qismiga Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi fuqarodan «Damas2» rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushdi.  Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, ariza muallifi o`z avtomashinasini Uychi ko`chasida joylashgan kompyuter o`yinlari xonasi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston  Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar beradi.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, yo`qolgan avtomashina Kanda mahallasi hududidan texnik soz holda topildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Yangiqo`rg`on tumanida istiqomat qiluvchi 27-yoshli fuqaro bo`lib chiqdi. Transport vositasi qonuniy egasiga topshirildi.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar