Gandbol bo`yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichini 3-o`rinda yakunladi. Terma jamoamiz guruh etakchilari Qozog`iston hamda Xitoyga mos ravishda 23:40 va 15:42 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Gonkong hamda Indoneziyadan esa 35:16 va 73:6 hisoblarida ustun kelindi. Endi terma jamoamiz ertaga, 21 mart kuni 5-8 o`rinlar uchun o`yinda Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
Terma jamoamiz Osiyo chempionatida 5-o`rinni egallash uchun avvaliga Hindiston, keyin esa Eron – Gonkong terma jamoalari uchrashuvi g`olibini ham engishi talab etiladi.
Osiyo qit`asi uchun jahon chempionatiga 3,5ta o`rin ajratilgan bo`lib, sovrinli uchlikdan joy olgan terma jamoalar to`g`ridan-to`g`ri JCh-2015 yo`llanmasiga ega bo`lishadi.
Aynan ertaga o`tkaziladigan Qozog`iston – Yaponiya hamda Xitoy – Janubiy Koreya terma jamoalari o`rtasidagi o`yinlardan so`ng JCh-2015ning 3 ta ishtirokchisi aniqlanadi. Bronza medali uchun bahsda mag`lub bo`lgan terma jamoa esa pley-offda boshqa qit`a jamoasi bilan yo`llanma taqdirini hal qiladi.





