AsosiyDunyo

Kanadada katta YTH: 50 ta yuk tashish mashinasi to`qnashib ketdi

Kanadaning County Road 30 shossesidan Wallbridge Loyalist Rd ko`chasiga qadar bir necha soat davomida avtomobil xarakati to`xtib qo`yildi.

Sababi katta yo`lda oldinma-ketin kelayotgan yuk tashish mashinalarining old qismidagilarining kutilmaganda o`zaro urilishi orqa tomondan kelayotgan yuk mashinalarining tezlikni kamaytira olmaganiga sabab bo`lgan. Bu haqda newstes.ru nashri xabar beradi.

Aytish kerakki, 50 ta yuk tashish mashinasining 30 tasi prisep bilan ketayotgan edi. Garchi yo`l transport hodisasi katta xajmda bo`lsa-da, hech kim jabrlanmagan. Biroq neft tashish uchun mo`ljallangan ushbu yuk tashish mashinalaridagi 40 ming litr neft mahsulotlari ko`chaga oqib ketgan.

 

    Boshqa yangiliklar