18 mart kuni Muborakning "Mash`al" klubi yangi mavsum oldidan xarid qilingan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o`tkazdi, deya xabar beradi sports.uz nashri.
Ushbu taqdimot marosimi so`nggida “gazchilar”ning yangi mavsum uchun tayyorlangan liboslari ham namoyish etildi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Shunday qilib, " Mash`al " kelayotgan mavsumda uch xil liboslardan foydalanadi. Uy uchrashuvlari uchun shaxmat uslubidagi o`tkir ko`k rangdagi libos tanlab olingan.





