AsosiyJamiyat

O`zbekiston delegasiyasi BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo`yicha 58-sessiyasida qatnashdi

O`zbekiston delegasiyasi 2015 yil 9-17 mart kunlari BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasining Vena shahrida bo`lib o`tgan 58-sessiyasi ishida qatnashdi.

Delegasiya a`zolari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotiklar ustidan nazorat bo`yicha milliy axborot-tahliliy markaz, tashqi ishlar vazirligi va sog`liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat, deya xabar beradi uz24.uz  nashri “Jahon” axborot agentligi ma`lumotlariga tayanib.

Tadbirda BMT ga a`zo mamlakatlarning yuqori lavozimli shaxslari ishtirok etib, narkotiklar kontrabandasi sohasidagi zamonaviy moyilliklar, shuningdek xalqaro darajada narkotik va psixotrop moddalar tarqalishi muammosiga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar