AsosiyJamiyat

SAYLOV-2015: «BIZ KELAJAK UChUN OVOZ BERAMIZ»

Joriy yilning 29 mart kuni mamlakatimizda bo`lib o`tadigan Prezident sayloviga har tomonldama qizg`in hozirlik ko`rilmoqda. Joylarda  ushbu muhim tadbir oldidan turli uchrashuvlar, davra suhbatlarda o`tkazilmoqda. Bu jarayonda, yoshlar, ayniqsa, saylovda ilk bor ishtirok etayotgan yigit-qizlarning siyosiy ongi, huquqiy savodxonligini oshirish katta o`rin tutadi.

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida o`tkazilgan tadbir ham ana shu mavzuga bag`ishlandi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, universitettning o`qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

-Men Prezident saylovida bu yil ilk bor qatnashaman, - deydi universitetning Buxgalteriya va audit fakulteti 3-bosqich talabasi, “Kamolot” YoIH boshlang`ich tashkiloti fakultet etakchisi Lazizxo`ja Mo`ydinov. – Ko`plab tengdoshlarim qatori men ham bu jarayonda ishtirok etib, o`z konstitusion huquqimdan foydalanish barobarida yurtimizning ertangi kuni, Vatanimiz istiqboliga o`z hissamni qo`shmoqchiman.

Tadbirda so`zga chiqqanlar ushbu siyosiy jarayonning mamlakatimiz hayotida tutgan o`rni, O`zbekistondagi saylov tiziminingo`ziga xos, afzal jihatlari, davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari, O`zbekiston Resrublikasi Prezidentligiga nomzodlar oldiga qo`yidagidan talablar, Prezidentning vakolatlari va asosiy vazifalari  xususida so`z yuritishdi. Saylovda ishtirok etayotgan nomzodlarning dasturi, bir-biridan farqli jihatlariga alohida urg`u berildi.

Tadbir turli savol-javoblar, bahs munozalarga boy tarzda o`tdi.  

    Boshqa yangiliklar