AsosiyShou-biznes

Keyt Uinslet: “Ajinlarimni tinch qo`ying!”

Tan olib aytish lozimki, Gollivudning aksariyat yulduzlari yillar o`tib, yuzlariga ajin tusha boshlashi bilan plastik jarrohlik yordamida o`zlarini yosh ko`rsatishga, boshqacha qilib aytganda, yosharishga harakat qilishadi.

Gollivud aktrisalaridan biri, “Titanik” filmidagi bosh qahramonlardan biri Rouz rolini ijro etgan Keyt Uinslet yaqinda ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularidan birida, tashqi ko`rinishini, ayniqsa yuzini plastik jarrohlik yordamida o`zgartirishni istamasligi, qanday bo`lsa, shundayligicha qolishni istashini aytgandi.

“Men ommaviy axborot vositalaridan mening ajinlarimni tinch qo`yishlarini so`ragan bo`lardim. Nima ham qila olardik, yoshimizga yosh qo`shilgani sayin ajinlar paydo bo`ladi. Shunday ekan, ular qaerda paydo bo`lishi kerak bo`lsa, shu erda yuzaga chiqadi.” deydi aktrisa. Shu bilan birga u ommaviy axborot vositalari tomonidan doimiy ravishda muxokama qilinadigan ayollarning tashqi ko`rinishi haqida gapirar ekan, o`zining qomati haqida ham quyidagilarni aytdi: “Men boshqalar kabi oddiy ayolman. Boshqalardan farq qilmayman, o`z chiroyim, semizmi, oriqmi qomatim va meni shundayligimcha sevadigan insonim bor. Bu  eng muximi!”

Keyt plastik jarrohlikning o`rniga yoshartiruvchi turli kremlardan foydalanishi, o`zi doimiy ravishda fodalanadigan mahsus yuz maskalari borligi haqida ham gapirib o`tgan. 

Manba: spletnik.ru

    Boshqa yangiliklar