AsosiyShou-biznes

AQShlik fuqaro Tom Xenksga u yo`qotgan kredit kartochkasini qaytarib berdi

Buni qarangki, Gollivudning dong`i ketgan aktyorlaridan biri Tom Xenks Nyu-York ko`chalarining birida ketayotib, kredit kartochkasini tushirib qoldirgan ekan. Bu haqda spletnik.ru nashri xabar berdi.

Qizig`i shundaki, aktyor buni o`zi ham bilmagan. Kutilmaganda, o`tkinchilardan biri aktyorga uning kredit kartochkasini berganida, Tom Xenk hayratlanib qolgan.

Bu haqda Tom Xenks o`zining Twitter’ dagi sahifasida shunday deydi: “Toni ismli yigit mening kredit kartochkamni Nyu-York ko`chalarining biridan topib olgan ekan, u menga uni qaytardi. Toni! Sen bu shaharni bezab turibsan! Rahmat!”.

    Boshqa yangiliklar