AsosiyJamiyat

Toshkentda shu yilning 22-24 aprel kunlari kutubxona mutaxassislarining anjumani bo`lib o`tadi

“Central Asia – 2015” deb nomlangan to`qqizinchi Xalqaro anjuman fan, ta`lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo`llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o`quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o`rtasida ta`sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish maqsadida o`tkaziladi.

Hozirda Milliy kutubxona veb-saytida onlayn-ro`yxatga olish va konferensiya maqolalari to`plamiga maqola berish davom etmoqda. Anjuman tadbirlarining dastlabki dasturiga ko`ra, birinchi kuni  5 ta sho``ba majlisi, ikkinchi kuni anjumanning yalpi majlisi va uchinchi kuni axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun davra suhbatlari, seminarlar va mahorat darslari o`tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb yozadi Milliy kutubxona axborot  xizmati ma`lumotlari asosida uz24.uz.

    Boshqa yangiliklar