So`nggi vaqtlarda ijodida katta shov-shuvlarga sabab bo`layotgan yangiliklar yaratayotgan latofatli va iste`dodli xonanda Lola yana bir kutilmagan mavzudagi taronani taqdim etdi. Instagram ijtimoiy tarmog`i orqali "Hayr" deya nomlangan qo`shiq bilan bog`lik sirli suratlar paydo bo`lishi bilanoq muxlislarning qiziqishi yanada ortgandi. Bugun ana shu tarona ilk marotaba "O`zbegim taronasi" radiosi orqali jarang sochdi. Premera dasturi esa shahsan Lolaning ishtirokida o`tdi. Studiyaga tashrif buyurgan Lola efirga ham bahoriy nafas baxsh etdi. Tarona haqida ma`lumot berarkan, taronaning so`zi va matni yana bir iste`dod egasi Aziza Nizomovaga tegishli ekanligini ma`lum qildi. Xonanda Aranjirovka ustida ishlagan Timur Rahmanov bilan ilk bora hamkorlikda ishlagan. Bu haqda popcorn.uz xabar beradi.
Sokin ruxdagi ichki hissiyotlar aks etgan "Hayr" taronasi yangrab, barchaning intiqib kutgan daqiqalari etib keldi. Odatga ko`ra, qo`shiq haqida tinglovchilarning fikrlari jonli ravishda qabul qilindi. Bu safar Lolaning o`zi muxlislar bilan suhbat qilib, ularning samimiy fikrlarini tinglab kayfiyati yanada ko`tarildi.
Muxlislar uchun yana bir yangilik. Tez kunda bu qo`shiq uchun ishlangan videoklipni ham eksklyuziv ravishda saytimiz orqali qarshi olasiz! Timur Primkulov tomonidan tasvirga olingan klipda Lolani umuman kutilmagan obrazlarda ko`rishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting.





