AsosiyJamiyat

Islom.uz portalidagi barcha saytlar faoliyati qayta tiklandi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari vafot etganlari haqidagi xabar tarqatilganidan 3 soat o`tmasdan u zotning www.islom.uz sayti xakerlar hujumiga uchragan edi.

Portalning hadis.islom.uz, tib.islom.uz, media.islom.uz, forum.islom.uz saytlari ham buzilgan edi.

Shu kunlarda www.islom.uz portali O`zbekistondagi eng ko`p kiriladigan saytlardan biri bo`lib,www.uz ma`ulumotlariga ko`ra, 12 mart kuni www.islom.uz saytiga 41 ming 425 nafar, www.islam.uz saytiga 4 ming 332 nafar o`quvchi tashrif buyurgan.

Mazkur portal Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tashabbuslari bilan ochilgan, deya xabar beradi uz24.uz nashri Qadriyat.uz nashri ma`lumotlari asosida.

 

    Boshqa yangiliklar