14 mart kuni, dunyoga mashxur italyan qo`shiqchisi Eros Ramazotti 51 yoshida uchinchi bor ota bo`ldi.
Uning rafiqasi 26 yoshli model Marika Pellegrinelli unga o`g`il farzandni hadya etdi. Eros Ramazottining birinchi turmushidan Avrora ismli voyaga etgan qizi bor. Ushbu farzand esa uning keyingi rafiqasi Marika Pellegrinelli bilan ikkinchi farzandlaridir.
Shuningdek, ularning 3 yoshli Raffaela ismli qizlari ham bor. Bu quvonchli xabar haqida Eros o`zining Instagram'dagi sahifasida shunday deb yozadi: 14 mart kuni, 16:40 da Gabrio Tullio dunyoga keldi. Uning og`irligi 3,800 gramm. Rahmat senga azizam!





