Parijda O`zbek jang san`atini rivojlantirish bo`yicha Evropa qo`mitasi tuzilgan. Fransiyaning Moro shahrida jang san`ati festivali doirasida bo`lib o`tgan seminarda komissiya tarkibi va mazkur qo`mita prezidenti saylanishgan.

Parijda 30-xalqaro jang san`atlari festivali bo`lib o`tdi. Unda O`zbek jang san`ati federasiyasi vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar qiladi.
Shuningdek, o`zbek sportchilari 2013 yilda ham o`tkazilgan ana shunday festivalda ishtirok etib, o`zining o`ta murakkab jang usullari bilan Parij jamoatchiligi ko`nglidan joy olishgan edi.
Tomoshabinlar va jurnalistlar o`zbek jang san`atini yuksak baholashdi.
Fransiya vakillari tashabbusi bilan tuzilgan O`zbek jang san`atini rivojlantirish bo`yicha Evropa qo`mitasi mazkur sport turini Evropa mamlakatlarida ommalashtirishni maqsad qilgan.