AsosiyShou-biznes

Munisa Rizaevadan kayfiyatni ko`taruvchi qo`shiqni qarshi oling!

2014-yilda "Yilning eng yaxshi xonandasi" sifatida "E`tirof" mukofotini qo`lga kiritgan xonanda Munisa Rizaeva asosan o`zining sho`x va raqsbop qo`shiqlari bilan xalq nazariga tushgan. Bugun xonanda tomonidan taqdim etilgan yangi tarona ham ana shunday kayfiyatni ko`taruvchi ohangga ega. Bu haqda popcorn.uz nashri xabar beradi.

"Yonar" nomini olgan qo`shiq bugun "O`zbegim Taronasi" radiosi orqali ilk bora jarang sochdi. O`ziga xos yo`nalishda yozilgan qo`shiqni tayyorlashda Munisa Rizaeva bir qator mahoratli ijodkorlar bilan hamkorlik qildi. 

Mazkur qo`shiqning matni Feruz Abdullaev qalamiga mansub, musiqasini esa Shuhrat Umarov bastalagan. Qo`shiqning aranjirovkasi mahoratli va professional darajadagi soundmaker Jasur Badalboev tomonidan tayyorlangan. 

Mazkur taronaning premerasiga Munisa Rizaevaning o`zi "O`zbegim Taronasi" radiosi studiyasiga tashrif buyurdi va muxlislari bilan bevosita muloqot qilishga erishdi. Ko`plab tinglovchilarning maqtovlariga erishgan qo`shiq sizning ham musiqiy to`plamingizdan joy olsa, ajab emas. 

    Boshqa yangiliklar