AsosiySport

Pele: Ronaldu hozirda Messidan ustun

"Futbol qiroli" deya tan olingan braziliyalik Pele hozirgi kundagi eng kuchli o`yinchi kimligi haqidagi fikrini bildirib o`tdi.

- “Barselona”ning argentinalik yulduzi Lionel Messi ko`p yillardan buyon Ronaldu bilan bahsda ustunlik qilib kelayotgan edi. Ammo, hozirgi kundagi eng kuchli futbolchi bu Messi emas, “Real” etakchisi Krishtianu Ronaldudir. U so`nggi yillarda o`z ustida tinmay ishlamoqda. Futbol o`yinchini yaratmaydi, aksincha, futbolchi hammasiga o`z mehnatlari orqali erishadi.Umid qilamanki, kelajakda jahonning eng yaxshi futbolchi Neymar bo`ladi. U Braziliyaterma jamoasining yana o`z mavqeini tiklab olishida katta yordam berishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, Messi to`rt bor jahonning eng yaxshi futbolchisi deya e`tirof etilgan bo`lsa, Ronaldu uch bor mazkur mukofot bilan taqdirlangan. 

Manba: sports.uz

    Boshqa yangiliklar