AsosiyJamiyat

Yaponiya ijtimoiy loyihalar uchun O`zbekistonga 1 million AQSh dollaridan ortiq mablag` taqdim etdi

Yaponiya ijtimoiy loyihalar uchun O`zbekistonga 1 million AQSh dollaridan ortiq mablag` taqdim etdi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar qiladi.

Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Fumixiko Kato umumiy miqdori 1,132 million AQSh dollarini tashkil qiladigan 11 ta loyihaga grant-shartnomalarni imzoladi.

“Kichik ko`lamdagi ijtimoiy loyihalarga beg`araz yordam berish” dasturi doirasidagi grant oluvchilar ro`yxatidan viloyatlardagi beshta o`quv muassasasi va bir qator tibbiyot muassasalari joy oldi.

1995 yildan buyon ushbu dastur doirasida O`zbekistonda tibbiyot va ta`lim muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan umumiy qiymati 22,247 million AQSh dollari miqdoridagi 341 ta loyiha amalga oshirilgan.

    Boshqa yangiliklar