AsosiyJamiyat

O`zbek olimlari pilladagi ipak miqdorini aniqlash usulini ixtiro qilishdi

Pilla so`zi, fransuz tilida coco "po`choq" degan ma`noni anglatadi. Pilla qurtlari g`umbak davriga o`tish uchun o`zini o`rab oladi va ipak ipini hosil qiladi.

O`zbek olimlari Burxonov Shavkat Jalolovich, Mirsoatov Ravshanbek Mo`minovich va Xapizov O`tkirjon Jo`raqulovichlar pilladagi ipak miqdorini aniqlash usulini itiro qildilar.

Ushbu usul ipakchilik sohasida keng qo`llanilishi va yaxshi natijalarga sabab bo`lishi mumkin. Uning vazifasi tirik pillalardagi ipak miqdorini belgilash aniqligini oshirishdan iborat. 

Mualliflarga ushbu ixtiro uchun № IAP 05014 raqamli patent berildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda. 

    Boshqa yangiliklar