AsosiySport

“Bavariya” muxlislariga gollar shousini taqdim etdi

Evropa Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o`rin olgan yana bir uchrashuvda Myunxenning “Bavariya” klubi o`z muxlislariga gollar shousini taqdim etdi. O`yinning kulminasion nuqtasi 3-daqiqada sodir bo`ldi. So`nggi chorani qo`llagani uchun himoyachi Kucher maydondan chetlatildi. O`yinning qolgan daqiqalarida mezbonlar “konchilar” darvozasini birin-ketin ishg`ol qilishdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar qiladi.

BAVARIYa – ShAXTYoR  7:0 (birinchi o`yin - 0:0)

Gollar: Myuller, 4 (penaltidan),52, Boateng, 34, Riberi, 49, Badshtuber, 63, Levandovski, 75, Getse, 87

“Bavariya”: Noyer, Badshtuber (Dante, 65), Boateng, Alaba, Rafinya, Shvaynshtayger, Gyotse, Myuller, Riberi (Bernat, 60), Robben (Rode, 19), Levandovski

“Shaxtyor”: Pyatov, Srna, Kucher, Rakiskiy, Shevchuk, Fred, Stepanenko, Kosta (Vellington Nem, 79), Teysheyra (Ilsino, 69), Tayson (Krivsov, 9), Adriano

Ogohlantirishlar: Badshtuber, Boateng — Kosta

Chetlatish: Kucher, 3

    Boshqa yangiliklar