Saytimiz orqali O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Yulduz Turdievaning ovozi bilan bog`liq muammolar paydo bo`lgani va u jarrohlik operasiyasi arafsida turgani haqida xabar bergan edik.
Operasiyaga qadar ikkita qo`shig`iga klip suratga olishni rejalashtirgan xonanda o`tgan oyning oxirlarida xorazmcha uchlubdagi qo`shig`iga klip suratga oldirgan edi.
Ayni damda esa “Sani Majnun” nomli lirik qo`shig`iga klip suratga olish ishlari bo`lib o`tyapti.
Klipni Dilmurod Turdiboev boshchiligidagi ijodiy jamoa suratga olyapti.
Qo`shiq so`zi Boborahim Mashrab qalamiga, musiqasi Yulduz Turdievaga mansub.
Ma`lumotlarga qaraganda, Turdieva bugun tasvirga olish jarayonlarini oxiriga etkazib, ertadan muolajalarni boshlaydi. Kelasi hafta boshida esa jarrohlik operasiyasini boshdan o`tkazadi.
Xonandaning muxlislari va jamoamiz nomidan unga mustahkam sog`lik tilaymiz.





