AsosiyJamiyat

Spirtli ichimlik ichish oqibatida bezorilik qilgan shaxs qo`lga olindi

Andijon viloyati Oltinko`l tumanidagi kafelarning birida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1993 yilda tug`ilgan shaxs spirtli ichimlik ichish oqibatida o`zining 1989 yilda tug`ilgan tanishining jig`iga tega boshlagan. Buning oqibatida ikki yigit o`rtasida janjal kelib chiqqan.

Oqibatda ularning biri ikkinchisiga og`ir tan jarohatini etkazib, voqea joyidan yashiringan. Voqea joyiga etib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan jabrlanuvchi kasalxonaga etkazilgan va unga tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Bezori shaxs esa zudlik bilan qo`lga olinib, holatga aniqlik kiritish maqsadida ichki ishlar idorasiga olib kelindi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar