PSJ futbolchilari EChL nimchorak finali javob uchrashuvida “Chelsi” mehmoni bo`lishdi va shiddatli kechgan o`yinda 2:2 hisobida durang natijani qayd etib, “parijliklar” mehmonda urilgan gollar evaziga chorak finalga yo`l olishdi. Bu haqda sports.uz nashri xabar bermoqda.
Uchrashuvning asosiy vaqtida har ikki jamoaning himoyachilari o`z hisoblariga gol yozishdi. 81 daqiqada Garri Kexill“Chelsi”ni oldinga olib chiqqan bo`lsa, 86 daqiqaga kelib David Luis o`rtadagi muvozanatni tikladi.
Ekstra taymda Eden Azar penaltidan gol kiritib, yana maydon egalarini oldinga olib chiqdi. O`yinda hal qiluvchi golni esa Tiago Silva kiritdi va PSJning keyingi bosqichga chiqishini ta`minladi.
Aytish lozimki, PSJ futbolchilari 31 daqiqadan boshlab jamoa etakchisi Zlatan Ibrahimovichsiz o`yinni davom ettirishgandi. Shvesiyalik futbolchi Oskarga nisbatan qo`pollik ishlatgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.
“Chelsi” — “PSJ” 2:2 (birinchi uchrashuv - 1:1)
Gollar: Kexill, 81, Azar, 96 (s penalti) — David Luis, 86, Tiago Silva, 114
Ogohlantirishlar: Oskar, Ramires, D. Kosta — Motta, Matuidi, David Luis, Verratti
Chetlatilish: Ibraximovich, 31
“Chelsi”: Kurtua — Ivanovich, Terri, Kexill, Aspilikueta — Matich (Zuma, 84), Ramires (Drogba, 91) — Oskar (Villian, 46), Fabregas, Azar — D. Kosta
PSJ: Sirigu — Markinos, Tiago Silva, David Luis, Maksvell — Matuidi (Rabio, 82), Motta, Verratti (Lavessi, 82) — Kavani, Ibraximovich, Pastore (Van der Vil, 118)





