Gollivudning eng serqirra va sirli aktyorlaridan biri bo`lmish Al Pachino 74 yoshida hayotida birinchi bor uylanishga qaror qilgan ko`rinadi. Aktyor AQShning “Total Film magazine” jurnaliga intervyu beratgan vaqtda kutilmaganda yaqin orada uylanishi mumkinligi haqida aytgan. Bu haqda spletnik.ru xabar beradi.
Al Pachino “uylanish niyatida ekanligi”ni tasodifan gapirib qo`ydi. U “Men hech qachon “hech qachon” demaganman” deya sha`ma bilan gapirgan.
Ma`lumotlarga qaraganda, aktyor argentinalik 35 yoshli aktrisa Lyusila Solaga uylanmoqchi. Ularning munosabatlari besh yildan beri davom etib kelyapti. Aytish lozimki, Al Pachino hech qachon rasman uylanmagan. Biro shunga qaramay uning uchta farzandi bor. Eng katta farzandi 25 yoshda, o`g`il va qiz egizak farzandlari esa 14 yoshda.





