AsosiyJamiyat

Ellikqal`a tumanida birdaniga uch egizak dunyoga keldi

Qoraqalpog`iston Respublikasining Ellikqal`a tumani “Qizilqum" ovul fuqarolar yig`inida Shomurod Hojiev va Rita Serjanbaevalar oilasida birdan uch o`g`il egizak dunyoga keldi. Ularga Islom, Abdug`ani va Karim ismlari berildi. Ayni paytda chaqaloqlar va ularning onasi o`zlarini yaxshi his etishmoqda.

Ellikqal`a tuman hokimi bu oilaga bir bosh sog`in sigir hadya qildi, deya xabar beradi Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi rasmiy sayti.

    Boshqa yangiliklar