Ko`plab muxlislarning talab va takliflariga binoan Jasur G`oipovning "Vaqt" taronasiga ishlangan videoklip va`daga muvofiq mart oyining 10-sanasida saytimiz orqali taqdim etilmoqda, deya xabar beradi popcorn.uz.
"Vaqt" videoklipini tayyorlashda bir qator mahoratli va professional ijodkorlar birgalikd mehnat qilishdi.
Xususan, klip Sanjar Matkarimov muallifligida va rejissyorligida suratga olingan. Yana bir iste`dodli ijodkor Mansur Vasati ikkinchi rejissyor vazifasini bajargan. Jahongir Ibragimov operator sifatida ish olib borgan klipda Hilola Sher ham liboslar bo`yicha o`z hissasini qo`shgan.
Aytish kerak, noodatiy syujetdagi videoda bir qator aktyorlar ham ishtirok etgan bo`lib, ayniqsa, Akbarxo`ja Rasulovning ijrosi tomoshabinni lol qoldirishi aniq. Insoniy hislatlar, ichki hissiyotlar va vijdon azobi asosiy mavzu sifatida tanlangan bo`lib, syujet ta`sirchan ruhda yaratilgan. Kutilmagan voqealar echimi esa tomoshabinni o`ylantirishi tabiiy. Klipni tomosha qilgach, bunga o`zingiz amin bo`lasiz!





