AsosiySport

Terma jamoamiz Yangi Zelandiya bilan o`ynaydi

O`zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi aprel oyida Toshkentda Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazish borasida kelishuvga erishdi, deya xabar beradi sports.uz nashri.

Rejaga ko`ra, Yangi Zelandiya U-20 yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuvlar 4 va 6 aprel kunlari bo`lib o`tadi. Mazkur o`yinlar har ikkala terma jamoa uchun ham yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi. Qayd etish lozim, yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati bahslari aynan Yangi Zelandiyada bo`lib o`tadi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-20 terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o`yinlar oldidan Portugaliyaning Koimbra shahrida 4 kunlik yig`in o`tkazishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Mazkur yig`inda Haydarov jamoasi ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Unga ko`ra, dastlab 27 mart kuni O`zbekiston yoshlari U-20 yosh toifasida Evropa vise-chempioni Portugaliya yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushishsa, 29 mart kuni jahon vise-chempioni Urugvay yoshlar terma jamoasiga qarshi o`yin bo`lib o`tadi.

Ta`kidlash lozim, O`FF Terma jamoalar markazi ayni damda Jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblarga mos sparring-raqiblar topish va ularga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar