Bugun hayot bo`lganida kosmonavt Yuriy Gagarin 81 yoshni qarshi olgan bo`lardi.
Yuriy Alekseevich Gagarin 1934 yilning 9-mart sanasida Smolensk viloyati, Klushino qishlog`ida dunyoga kelgan. Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo muhandislik akademiyasini tamomlagan. U uchuvchi va fazogir sifatida 1961-yili 12-aprelda Vostok fazoviy kemasida Er orbitasini aylanib chiqqan koinotdagi ilk inson sifatida tarixda qolgan.
Gagarin butun dunyoda tanilgan, ko`plab medal va ordenlar, bilan taqdirlangan. Keyinchalik Moskva yaqinida joylashgan Kosmonavtlar Tayyorlash Markazining boshliq o`rinbosari lavozimida ishlagan. Bu markaz hozirda uning nomi bilan ataladi. Gagarin \
1968-yili Mig 15 fazoviy kemasini boshqarayotib, halokatga uchragan va vafot etgan. Xalqaro aviasiya federasiyasining qarori bilan 1968 yilda Yuriy Alekseevich Gagarin nomidagi oltin medal ta`sis etilgan.
Yana uning sharafiga xotira tangalari, pochta markalari ishlab chiqilgan. Jahondagi ko`plab mamlakatlarda Gagarinning nomi abadiylashtirilgan.
Jumladan, yurtimizning Jizzax viloyatidagi shaharlardan biri uning nomi bilan atalgan. Oyning orqa tomonidagi bir kraterga ham Gagarin nomi berilgan.





