Bugun 9-mart kuni Janubiy Koreya futbol assosiyasiyasi shu yilning 27-mart kuni Tedjon shahrida o`tadigan O`zbekiston bilan o`rtoqlik o`yini chiptalari narxini e`lon qildi, deya xabar bermoqda www.stadion.uz nashri.
Unga ko`ra, 1-darajali joylar chiptasi 50.000 von (45 AQSh dollari), 2-darajali o`rindiqlar chiptasi 30.000 von (27 AQSh dollari), 3-darajali joylarga chipta esa 20.000 von (18 AQSh dollari) etib belgilandi.
Shuningdek, maktab va kollej o`quvchilari uchun sotiladigan imtiyozli chiptalar 15.000 von (13 AQSh dollari)ga baholangan. Chiptalar 9-mart kuni sotuvga chiqishi xabar qilinmoqda.





