AsosiyShou-biznes

Bahriddin Zuxriddinovdan Qizil shapkachaga bag`ishlangan tarona premerasi (video)

Xonandalarning aksariyati qizlarning turli ismlariga atab qo`shiq kuylashi odatga aylanib qoldi. Laylo, Lola, xatto Jumagul haqidagi qo`shiqlar ham xit bo`ldi. Ammo, xonanda Bahriddin Zuhriddinov ko`pchilikdan farqli ravishda ertak qahramonlaridan biri bo`lmish Qizil shapkachaga bag`ishlangan tarona yaratdi, deb yozadi popcorn.uz.

Yangi qo`shiqning matni va musiqasi muallifi Isomiddin Nur bo`lib, Ahliyor Azimov esa musiqiy sayqal bergan.

Bugun e`tiboringizga havola etilayotgan videoklip mazkur qo`shiq uchun yaratilgan bo`lib, unga Shuhrat Mavlonov rejissyorlik qilgan. “Qizil shapkacha” ertagi asosida suratga olingan videoklipda bosh qahramonni Luiza Rasulova talqin etgan. Shuningdek Sanjar Shodiev, Muhammad Bobojonov kabi aktyorlar ham ishtirok etishgan. Antiqa dekorasiyalar va maxsus kostyumlar yaratilib, ertaknamo tarzda suratga olingan videomahsulotni tomosha qilib, bahra oling. 

    Boshqa yangiliklar