Buxoroda maktab direktori o`qituvchidan pora talab qildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahridagi 9-sonli maktab direktori T.I. shu maktab o`qituvchisi Yu.H.dan uzrli sabablarsiz ishga kelmaganligi uchun unga chora ko`rmaslik va mehnat shartnomasini bekor qilmaslik evaziga ta`magirlik yo`li bilan 500,0 ming so`mni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






