AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti AQSh bilan muzokaralarni asosan qaysi tilda olib boradi?

'O`zbekiston Prezidenti AQSh bilan muzokaralarni asosan qaysi tilda olib boradi?'ning rasmi

AQShning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum mazkur savolga aniqlik kiritdi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev AQSh bilan muzokaralarini qaysi tilda olib boradi? Prezident o`rtadagi tarjimon bilan qaysi tilda so`zlashadi? O`zbek, rus yoki ingliz tilidami?

Elchining ma`lum qilishicha, bu ikki davlat o`rtasidagi muzokaralarda odatda O`zbekiston Prezidenti davlat tilida so`zlaydi.

“Men AQSh rasmiylarining Prezident Shavkat Mirziyoev va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan o`tgan yopiq uchrashuvlari borasida ma`lumot bera olmayman. Ammo mening fikrimcha, Prezident Shavkat Mirziyoev AQSh delegasiyasi bilan o`tgan uchrashuvlarida davlat tilida so`zlaydi. Men aynan qaysidir uchrashuv haqida emas, umumiy olganda shunday ekanligini ta`kidlamoqchiman. Shuningdek, Prezident boshqa davlat rasmiylari bilan o`tadigan uchrashuvlarda qaysi tilda so`zlashi haqida ma`lumotga ega emasman”, dedi Daniel Rozenblyum.

Bu haqda AQSh elchisi Toshkentdagi AQSh elchixonasida jurnalistlar bilan o`tgan uchrashuvda ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar