9 fevral kuni taxminan soat 01:50 larda 24 yoshli R.N. “Lacetti” rusumli avtomashinasini Navoiy viloyati, Konimex tumani hududidan o`tuvchi A-379 “Zarafshon-Navoiy” avtomobil yo`lining 154 km.da tezlikni oshirib kelayotganda, boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi harakat yo`nalishiga chiqib ketgan.
Natijada 23 yoshli N.J.ning boshqaruvida bo`lgan “Nexia” bilan to`qnashib, halokatga uchragan. “Nexia” haydovchisi N.J. voqea joyida va avtomashinada bo`lgan1 yoshli chaqaloq A.Sh. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga sabab bo`lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






